Kompozitor

Mehroj Muxtorov

Composer · Pianist · Pedagog

Biografiya

Muxtorov Mehroj Islomovich 1986-yil 6-avgustda, Samarqand shahrida, hunarmand oilasida tug’ilgan. 1992-yil o’rta maktabda, 1996-yil musiqa maktabida akkordeon cholg’usi bo’yicha o’qishga qabul qilingan. 2001-yil Andijon shahrida bo’lib o’tgan M.Q.Yoqubov nomidagi respublika musiqa maktablari o’rtasidagi ko’rik tanlovda respublika bosqichidan faxrli o’rin bilan qaytadi. 2003-yil H.A.Abdurasulov nomidagi Samarqand san’at kollejiga o’qishga qabul qilinib akkordeon cholg’usida A.Advolodkin sinfida o’qishни davom ettiradi. Kollejdagi o’qish davrlaridayoq mustaqil musiqa bastalashни boshlaydi. Samarqanddagi ustozi, kompozitor H.Mamadaliyev unga yo’l-yo’riq ko’rsatib turadi. 2006-yil kollejni a’lo baholarga tamomlab O’zbekiston davlat konservatoriyasi, kompozitsiya yo’nalishi bo’yicha N.Norxo’jayev sinfida ta’lim ola boshlaydi. O’qish davomida turli xil janrdagi asarlarni bastalab, talaba bastakorlar o’rtasidagi turli xil tanlovlarda qatnashib faxri o’rinlarga munosib topiladi. 2010-yil bakalavrni “Skripka va simfonik orkestr uchun konsert” diplom ishi bilan tamomlaydi. 2010-2011-o’quv yilida Samarqand san’at kollejida musiqa nazariyasi, solfedjio, X.M.A fanlaridan ta’lim beradi. 2011-yil O’zbekiston davlat konservatoriyasi, magistratura bosqichiga qabul qilinib kompozitsiya yo’nalishidagi ta’limни davom ettiradi. Magistraturadagi o’qishi davomida turli janrlar, jumladan: torli kvartetlar, simfonik orkestr va xalq cholg’u orkestrlariga asarlar yozadi, turli xil loyiha va tanlovlarga qatnashadi. Shulardan D.D.Shostakovich xotirasiga bag’ishlangan “DSCH”, O’zbekiston davlat konservatoriyasi va “Omnibus” ansabli tomonidan konservatoriya bastakor talabalari uchun tashkil etilgan innovatsion loyihaga qatnashib, tashkil etilgan zamonaviy asarlar tanlovida turli xil cholg’ulardan tarkib topgan ansabl uchun yozgan “Tark” nomли asari bilan faxrли 1-o’rinnи oladi. 2013-yil magistraturani simfonik orkestr uchun yozilgan “Konsert-simfoniya” diplom ishi bilan bitiradi. 2013-yildan boshlab Samarqand san’at kollejida musiqa nazariyasi, solfedjio, cholg’ushunoslik, cholg’ulashtirish va kompozitsiya fanlaridan dars berib kelmoqda. 2015-yildan O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasи a'zosi. Kompozitorning asarlari Samarqand ixtisoslashtirilgan san'at maktabi, musiqa va san'at maktablarining oʻquv pedagogik hamda konsert repertuarlaridan munosib oʻrin olgan. Davlat imtihonlarida oʻquvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etib kelinmoqda. Vatanparvarlik ruhida yaratilgan, ona Vatanni kuylaydigan qoʻshiqlari bilan viloyatda oʻtkazilayotgan Davlat tadbirlarida, madaniy-ma'rifiy anjumanlarda faol qatnashib kelmoqda. M.Muxtorov bir qator Yosh kompozitorlar Respublika tanlovlari sovrindori, festivallar qatnashchisi. 2018-yil oktabr oyida boʻlib oʻtgan Yosh kompozitorlar Respublika festivalida ijodkorning “Yangi kun” asari muvaffaqiyatli ijro etildi. Kompozitor har yili oʻzining Respublika miqiyosida “Kompozitor Mexroj Muxtorov asarlari masofaviy koʻrik tanlovi”ни oʻtqazib keladi. Kompozitorning ushbu tanloviga butun Respublikadan yuzlab oʻquvchi yoshlar qatnashishadi. Hozirda esa M.Muxtorov mazkur 2022-yilning noyabr oyida Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida “Kompozitor Mexroj Muxtorov asarlari festivali”ни rejalashtirgan. Ushbu uchta viloyatdan musiqa maktablari va ixtisoslashtirilgan san'at maktablari oʻquvchilari kompozitor asarlarining ijro videosни noyabr oyida, Namanganda boʻlib oʻtadigan galakotsert uchun yuborilgan. Hozirda kompozitor M.Muxtorovning asarlари nafaqat Respublikada, dunyoning koʻplab mamlakatlarida ijro etilmoqda, jumladan: Qirgʻiziston, Tojikiston, Ukraina, Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Turkiya, Litva, AQSH shular jumlasidandir. M.Muxtorov ixtisoslashtirilgan san'at maktabi qoshida “Yosh bastakorlar” toʻgaragini tashkil etib, iste’dodli yoshlarga bastakorlik sirlарни oʻrgatib kelmoqda. Shogirdlари ishtirokida turli konsertlar va ijodiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Yutuqlar

Sertifikat

Milliy kompozitorlar tanlovidagi faol ishtiroki uchun Tashakkurnoma

Diplom

Yilning faol ijodkori, 2022-yil

Mashhur asarlar

  1. 12 OY 12 VALS
  2. 8 ta etyud
  3. SO'ZSIZ IZHOR
Barcha asarlarni ko'rish